Namanganda 5,6 mlrd sömlik dorilarni yaşirin omborda saqlagan aka-ukalar uşlandi (video)
3-sahifa
−
09:41 629 1 daqiqa
Namangan viloyatining Uyçi tumanida 5,6 mlrd sömlik dori vositalarini yaşirin omborda saqlagan aka-ukalar uşlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, DXXning Namangan viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari Bojxona va Içki işlar boşqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazgan.
Tadbir davomida farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan şuğullanuvçi xususiy korxona rahbari va uning işçisi bölgan, 1983 va 1986 yillarda tuğilgan aka-ukalar noturar binoning yertölasida yaşirin ombor taşkil qilgani aniqlangan. Omborni közdan keçiriş jarayonida xorijda işlab çiqarilgan, umumiy taxminiy qiymati 5,6 mlrd sömni taşkil etuvçi 412 turdagi jami 67 923 birlikdagi dori vositalari kelgusida sotiş maqsadida saqlanayotgani aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Hozirda ularga nisbatan sudga oid kimyoviy va tovarşunoslik ekspertizalari tayinlanib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan va Andijon viloyatlarida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritiş bilan şuğullangan şaxslar uşlangan edi.
Live
Barchasi