Özbekistonda dorilarni retseptsiz sotiş mezonlari özgardi
O‘zbekiston
−
13:28 186 2 daqiqa
Özbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiş mezonlari özgartirildi. Bu haqda “Dori vositalarini retsept bilan va retseptsiz beriladigan dori vositalari toifasiga kiritiş tartibi töğrisida”gi nizomda keltirilgan. Adliya vazirligi tegişli özgartirişlarni joriy yilning 12noyabr kuni davlat röyxatidan ötkazgan.
Hujjatga köra, endi dori vositasini retseptsiz beriladigan toifaga kiritişda quyidagilar hisobga olinadi:
- dori vositasining tibbiy xodimning doimiy kuzatuvisiz, mustaqil va xavfsiz qöllanişi;
- notöğri qöllaş, dozani oşirib yuboriş, suiiste’mol qiliş yoki qaramlikni keltirib çiqariş xavfining pastligi;
- qöllaş yöriqnomasidagi ma’lumotlarning iste’molçi uçun aniq, töliq va tuşunarli ekani;
- farmakonazorat hamda postmarketing nazorati natijalari;
- Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan e’tirof etilgan tartibga soluvçi organlar tomonidan dori vositasining retseptsiz beriladigan toifaga kiritilganligi.
Ikki yoki undan ortiq faol modda birikmasidan iborat dori vositalari ham retseptsiz beriladigan toifaga kiritilişi mumkin.
Bunda har bir faol moddaning terapevtik hissasi, kombinatsiyaning foyda-xavf nisbati, klinik asoslanganligi, şuningdek, özaro ta’sir, dozani oşirib yuboriş va notöğri qöllaş xavflari baholanadi.
Dori vositasini retsept bilan beriladigan toifadan retseptsiz beriladigan toifaga ötkaziş rad etilgan taqdirda, rad etiş asoslari bartaraf etilganda yoki dori vositasining xavfsizligi hamda samaradorligiga oid yangi ma’lumotlar olinganda, ariza beruvçi uç yil kutmasdan takroran murojaat qiliş huquqiga ega böladi.
Vakolatli organ dori vositasining xavfsizligi va samaradorligiga oid yangi ma’lumotlar, farmakonazorat va postmarketing nazorati natijalari hamda qonunçilikdagi özgarişlardan kelib çiqib, uning toifasini qayta körib çiqişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq hozirga kunda Özbekistonda 1846 turdagi retseptsiz beriladigan dori vositalari davlat röyxatidan ötgani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr