Kimlar koronavirusga qayta chalinadi?
Salomatlik
−
21 noyabr 2020
20358Yangi turdagi koronavirusga qayta chalinish deyarli mumkin emas, ammo bu kamdan kam holatlarda uchrab turadi. Bu haqda rossiyalik allergist-immunolog shifokor Vladimir Bolibok ma’lumot bergan.
Unga ko‘ra, odamlarda immunitet tizimining ishlashini buzadigan jiddiy kasalliklar mavjud bo‘lgan taqdirda koronavirusga qayta chalinish mumkin.
Shuningdek, onkologik kasallikka chalinganlar va immunodepressantlar qabul qiladiganlar ham koronavirusni qayta yuqtirib olishi mumkin.
Mutaxassis sog‘lig‘ida muammo bo‘lmagan odamlarni COVID-19 ga qayta chalinishdan qo‘rqmaslikka chaqirgan.
"Aslida kasallikni boshdan kechirib bo‘lgan yoki kasallikka qarshi emlanib bo‘lganlar koronavirusga qayta chalinsa, immuniteti yanada mustahkamlanadi", degan Bolibok.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ham koronavirusga qayta chalinish holati kuzatilgan.
Dunyoda koronavirusga chalinganlar 57 mlndan oshgan. 1,3 mlndan ko‘p bemor vafot etgan.
LiveBarchasi