Kim urushda halok bo‘lganlar uchun qurilayotgan yodgorlik bilan tanishdi

Olam

image

Kecha, 13 fevral kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya–Ukraina urushida halok bo‘lganlar xotirasiga qurilayotgan yodgorlikni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Koreya Markaziy Axborot Agentligi xabar berdi

Agentlikka ko‘ra, Kim Chen In xorijdagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etgan Koreya Xalq Armiyasi askarlari ko‘rsatgan beqiyos jasorat va qahramonlik tarixda muhrlanishi kerakligini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, 2025 yilning oktyabr oyida “Jangovar qahramonliklar memorial muzeyi” qurilishi boshlangan. O‘shanda Kim Chen In Moskva bilan aloqalar o‘zining eng yuqori bosqichiga chiqqanini ta’kidlagan.

Janubiy Koreya va G‘arb razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya Rossiya tomonida jang qilish uchun minglab askar yuborgan. Qayd etilishicha, kamida 600 nafar shimoliy koreyalik askar janglarda halok bo‘lgan, minglab askarlar yaralangan. Shuningdek, Pxenyan Rossiyaga artilleriya snaryadlari, raketalar va uzoq masofali raketa tizimlarini yetkazib bergan. Tahlilchilarga ko‘ra, buning evaziga Rossiya Shimoliy Koreyaga moliyaviy yordam, harbiy texnologiyalar, oziq-ovqat va energiya resurslarini taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreyada Janubiy Koreya televideniyesini tomosha qilgan fuqarolarga nisbatan qattiq jazolarni qo‘llayotgani haqida xabar berilgandi.  


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

urush yodgorlik halok bo'lganlar Kim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing