Kim Shimoliy Koreyada xalqaro darajadagi kurort zonasini ochdi (foto)
Olam
−
26 iyun 8118 1 daqiqa
Shimoliy Koreyaning Kalmaskiy yarimorolida joylashgan Vonsan-Kalmas kurort zonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Tantanali tadbir joriy yilning 24 iyun kuni o‘tkazilgan. Kurortning ramziy ochilishi munosabati bilan qizil lenta KXDR rahbari Kim Chen In tomonidan kesilgan.

Rasmiy xabarda aytilishicha, turistik hududda bir vaqtning o‘zida 20 ming kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan mehmonxonalar va dam olish maskanlari qurilgan bo‘lib, ular mahalliy va xorijiy sayyohlarning istaklariga mos ravishda tanlash imkonini beradi.

Kurort hududida dengizda cho‘milish uchun inshootlar, sport va o‘yinlar uchun maydonchalar, shuningdek, madaniy dam olish joylari, savdo rastalari va umumiy ovqatlanish nuqtalari tashkil etilgan.

Nashrga ko‘ra, turistik zona 1 iyuldan boshlab mahalliy fuqarolarni qabul qila boshlaydi. Xorijiy sayyohlar uchun kirish qachon ruxsat etilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Rossiyani qurol bilan ta’minlash uchun KXDR tarixidagi eng katta harbiy zavodni qurishni buyurgandi. Ulkan ob’ektning qurilishi allaqachon boshlangan va u mavjud mudofaa korxonasi yaqinida olib borilmoqda. Yangi ishlab chiqarish sexlaridan biri yonidagi inshootdan ikki baravar katta va mamlakatdagi eng yirigi bo‘lishi kutilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr