Kim Ozarbayjonga tajovuz qilsa, qarshisida F-16 ni ko‘radi – Aliyev

Olam

image

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning aytishicha, Boku respublikaga qarshi tashqi tajovuz holatida Turkiyaning F-16 qiruvchi samolyotlaridan foydalanishi mumkin. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Mendan tez-tez so‘rashadi: Turkiyaning F-16 samolyotlari bu yerda nima qilmoqda? Javob berishdan charchadim. Agar sizda sun’iy yo‘ldoshlar bo‘lsa, qarang, ular osmonda emas, balki yerda ekanligiga ishonch hosil qiling. Samolyotlar bu yerda mashqlarda qatnashish uchun kelishgan va shu yerda qolishgan”, deya ta’kidladi Ozarbayjon rahbari.

Unga ko‘ra, "turk birodarlar" ozarbayjonlarni ruhan qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z samolyotlarini tark etishgan. Prezident mamlakat aerodromlarida atigi besh-oltita F-16 borligiga aniqlik kiritdi.

"Ammo bizga qarshi tashqi tajovuz bo‘lsa, ular qarshilarida F-16 ni ko‘radi", dedi Aliyev.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Ilhom Aliev F-16

Baholaganlar

444

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing