Kim maydonga tushishi muhim emas, eng asosiysi jamoaning g‘alabasi – Shomurodov.

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning  “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov Dovbik bilan tandemda o‘ynayotganiga izoh berdi. Bu haqda u “Fiorentina”ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

“Biz har doim agressiv o‘ynaymiz va bu jihat menga yoqadi. Kim maydonga tushishi muhim emas, eng asosiysi jamoaning g‘alabasi. Men Dovbik bilan ko‘p gaplashaman. Menimcha, biz juftlikda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqdamiz. Umuman olganda men kim bilan birga o‘ynashimdan qat’iy nazar doim g‘alaba uchun harakat qilaman”, deydi hujumchi.

Shuningdek, futbolchi murabbiy Klaudio Raneri haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Uning mendan nimani kutayotganini yaxshi tushunaman va har doim ko‘rsatmalariga amal qilishga harakat qilaman”, deydi Shomurodov.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov kecha, 4 may kuni bo‘lib o‘tgan “Fiorentina”ga qarshi bahsda assist amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Roma. Fiorentina.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing