Kim Chen Inning va’dasi: koreyalararo aloqa liniyasi tiklandi
Olam
−
04 Oktabr 2021
7137Janubiy Koreya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bugun, 4 oktyabr kuni ertalab aloqa kanallari ishini tikladi. Bu haqda Koreya Respublikasi Birlashish bo‘yicha vazirligi va Janubiy Koreya harbiylariga tayanib xabar berilgan.
“Koreyalararo aloqa liniyasi tiklandi, soat 09:00 da (Toshkent vaqti bilan 05:00) ochilish qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi”, deyilgan vazirlik xabarida.
Harbiylar o‘rtasidagi manba, shuningdek KXDRning g‘arbiy va sharqiy harbiy yo‘nalishdagi chaqiruvlarga javob berganini tasdiqlagan.
Avvalroq, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In joriy yil oktyabr oyining boshidan Janubiy Koreya bilan aloqa liniyalari tiklanishi mumkinligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy va Shimoliy Koreya joriy yilning 27 iyul kuni munosabatlarni tiklagani hamda 2020 yil iyunida uzilgan koreyalararo aloqa liniyalari qayta ishga tushganini e’lon qilgandi. Ammo, avgust oyida Janubiy Koreya va AQSH o‘tkazgan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar fonida KXDR yana qo‘ng‘iroqlarga javob berishni to‘xtatdi. Chunki KXDR va AQSH o‘rtasidagi aloqalar yaxshi emas. Ikkala davlatning ham yadro quroliga egaligi o‘rtadagi dushmanlik kayfiyatining omillaridan biri hisoblanadi.
LiveBarchasi