Kim Chen Inning singlisi Yaponiya Bosh vazirini kutmoqda
Olam
−
16 fevral
8484Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon KXDR va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar kelajagi haqida optimistik qarashga egaligini bildirib, Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bir kun kelib Pxenyanga tashrif buyurishini aytdi. Bu haqda Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Kim Yo Chjon ikki mamlakat "o‘zaro hamkorlikning mustahkam poydevorini birgalikda qurishi mumkin", deb hisoblashini aytib o‘tgan.
Qayd etish joizki, Kisida ham oldinroq Yaponiya ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zgartirishga "kuchli ehtiyoj" sezganini ma’lum qilgandi.
"Menimcha, uning bu nutqini ijobiy deb baholamaslik uchun hech qanday sabab yo‘q, agar bu uning o‘tmish kishanlaridan jasorat bilan xalos bo‘lish istagiga bog‘liq bo‘lsa", degan Kim Yo Chjon.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Xirokadzu Matsuno mamlakat Bosh vaziri Fumio Kisida KXDR yetakchisi bilan istalgan vaqtda uchrashishi mumkinligini aytgandi.