Kim Chen Inning singlisi AQSH haqida keskin bayonot berdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon kecha, 16 iyun kuni Janubiy Koreya bilan qo‘shma idorani portlatgani haqida bayonot berdi.

Aynan u bo‘lajak portlash haqida ochiq gapirgan edi. Kim Yo Chjon tashviqot varaqalar bilan janjaldan keyin keraksiz bo‘lib qolgan bosh idoraga qayg‘uli kelajakni va’da qilgan edi. KXDRda janub tomoni provokatsiyani o‘zi qila olmasligi, bu ishlarda Qo‘shma Shtatlarning ham qo‘li borligini ta’kidlashdi.

“Janubiy Koreya rahbariyati Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlarning tushib ketgani uchun javobgardir. AQSH ularni o‘ynatmoqda”, degan Kim Yo Chjon. 

U varaqalarni tarqatuvchilarni "insoniyatning axmoqlari", deb atadi va aksiyalar uchun Janubiy Koreya javobgarligini ta’kidladi. Uning fikricha, Seul kechirim so‘rab, bunday harakatlar takrorlanmasligiga va’da berishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi, shu sabab ofis portlatib yuborildi.

Ushbu voqealarga o‘z munosabatini bildirar ekan, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi tashviqot bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari Kim Yo Chjo "agar Janubiy Koreya rasmiylari, bu vaziyatning davom etishiga imkon bersa, buning javobining narxi yuqori bo‘ladi"degan edi.

Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi mamlakatda kuchli mavq’ega ega. U KXDR Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi tashviqot bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyun kuni KXDRdagi Keson sanoat kompleksi hududida joylashgan koreyslararo aloqa idorasi binosining portlatib yuborildi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Shimoliy Koreya

Baholaganlar

282

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing