AQŞda kutilmaganda minglab reyslar bekor qilindi
Olam
−
12:53 492 2 daqiqa
AQŞ Federal fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi (FFA) keça, 13 noyabr kuni keçasi minglab reyslar işini izdan çiqargan va turli ştatlardagi yuz minglab yölovçilarga ta’sir körsatgan tört soatlik töxtalişdan söng parvozlarga qöyilgan umummilliy taqiqni bekor qildi. Amerika havo taşuvlari sohasi dam oliş kunlari ham keçikişlar bilan işlaşda davom etadi. Uşbu nosozlik 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan keyin Qöşma Ştatlardagi eng yirik şunday töxtaliş böldi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Qayd etilişiça, AQŞ aviatsiya ma’muriyati Şarqiy Amerika vaqti bilan soat 15:54 atrofida parvozlarni töliq töxtatişga qaror qildi. Bunga havo harakatini boşqariş böyiça barça 22 ta hududiy markazning aloqa, radarlar va kommunikatsiya tizimlari işini falaj qilib qöygan ma’lumotlarning haddan taşqari yuklanişi sabab böldi. Kommutator va routerlar (tizim köp jihatdan 1980-yillardagi uskunalar va mis aloqa liniyalariga tayanadi) ma’lumotlar bilan haddan taşqari yuklanib, notöğri axborot bera boşlagan. Bekor qiliş töğrisidagi qaror qariyb 10 mingta reysga ta’sir körsatgan va agar faqat reyslari keçiktirilgan emas, balki bekor qilingan odamlar hisobga olinsa, 1,5 millionga yaqin yölovçini qamrab olgan.
Qöşma Ştatlar ustida havoda bölib turgan taxminan 4000 ta samolyotga parvozlarni jadvalga muvofiq yakunlaşga ruxsat berilgan. Xalqaro yetib kelişlar individual tartibda körib çiqilgan.
Amerika rasmiylariga köra, yuz bergan nosozlik böyiça mavjud ma’lumotlar hozirça kiberhujum, sun’iy intellekt bilan boğliq muammolar yoki biror-bir xorijiy davlatning “ğarazli xatti-harakatlari”ga işora qilmayapti.
“Bizda havo harakatini boşqariş tizimi nihoyatda eskirgan. Marşrutizatorlarimiz haddan taşqari yuklandi va notöğri ma’lumotlarni bera boşladi. Şu sababli biz tizimni öçirib qöydik”, deydi AQŞ Transport vaziri Şon Daffi.
Şu bilan birga, sodir bölgan voqea mohiyatini töliq anglab yetiş uçun mutaxassislarga “biroz vaqt” kerak.
13 noyabr kuni yuz bergan nosozlik AQŞ içida mamlakatdagi aviaqatnovlar uçun zarur bölgan aloqa va boşqaruv tizimlarini modernizatsiya qiliş masalasini yanada keskinlaştirdi. Joriy rejalarga köra, FFA jarayonning birinçi bosqiçini 2028 yil oxirigaça yakunlaşi lozim.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr