Kim Chen In yangi ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
Olam
−
18 may 2024 3621 1 daqiqa
Kecha, 17 may kuni Shimoliy Koreya yangi yo‘naltiruvchi tizim bilan jihozlangan taktik ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

“17 may kuni KXDR Raketasozlik bosh boshqarmasi yangi avtonom navigatsiya tizimidan foydalangan holda taktik ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Ushbu test sinovi ushbu tizimning aniqligi va ishonchliligini tasdiqladi. Uchirish KXDR Raketasozlik bosh boshqarmasi va unga qarashli mudofaa ilmiy-tadqiqot institutlarining qurol-yarog‘ texnologiyalarini faol rivojlantirishga qaratilgan muntazam faoliyati doirasida amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Sinovlarda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Janubiy Koreya Qurolli kuchlari va Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayashi Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirganini ma’lum qilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr