Kim Chen In Shimoliy Koreyaga sotilmaydigan Maybach'da suratga tushdi 

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shaxsiy mashinasini Mercedes-Maybach S650 rusumli avtomobiliga almashtirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda SBS xabar berdi.

Aytilishicha, Janubiy Koreya teleradiokompaniyasi Kim Chen Inning avtomobili o‘zgarganini payqagan.

Unga ko‘ra, dekabr oyida Pxenyanda bo‘lib o‘tgan Onalar milliy anjumanidan olingan video va suratlarda Kim Chen Inning avtomobilida Maybach belgisi, yukxonada esa S650 belgisi borligini ko‘rish mumkin. 

Telekanal Shimoliy Koreya yetakchisining sentyabr oyidagi Rossiyaga tashrifi paytida eski mashinadan foydalanganini e’tiborga olib, Kim oktyabr yoki noyabrda yangi mashinali bo‘lganini taxmin qilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Maybach – KXDRda hashamatli avtomobil sanalib, BMT Xavfsizlik kengashi qarori bilan ushbu rusumdagi avtomobillarni mamlakatga yetkazib berish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Kim Chen In zirhli poyezdda Rossiyaga borgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Janubiy Koreya Shimoliy Koreya Maybach Onalar milliy anjumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing