Kim Chen In Rossiya va Shimoliy Koreyaning harbiy sohada hamkorligi zarurligini aytdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rosssiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksey Krivoruchko boshchiligidagi Rossiya harbiy delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Bildirilishicha, uchrashuv chog‘ida o‘zaro xavfsizlik manfaatlarini himoya qilish uchun ikki davlatning harbiy sohadagi hamkorligining ahamiyati va zarurligi muhokama qilingan.

Manbaga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin delegatsiya rahbari orqali Kim Chen Inga salomini yetkazgan, buning uchun KXDR yetakchisi chuqur minnatdorlik bildirib, javob qaytargan.

Qayd etilishicha, Kim Chen In Rossiyani Ukrainadagi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

“U davlatning suveren huquqlari va xavfsizligini himoya qilish uchun adolatli muqaddas urush olib borayotgan Rossiya armiyasi va xalqiga jangovar salom yo‘lladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, KXDR yetakchisi iyun oyida bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvning ahamiyatini ta’kidlab, u KXDR va Rossiya Federatsiyasi armiyalari yangi davrda yanada yaqinroq birlashishi, Koreya-Rossiya munosabatlarini faol rag‘batlantirishi va Koreya-Rossiya munosabatlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynashi kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan imzolangan keng qamrovli strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning mazmuni e’lon qilingandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Kim Chen In

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made