Kim Chen In AQSH-KXDRning kelajakdagi munosabatlari haqida gapirdi
Olam
−
18 iyun 2021
5991Shimoliy Koreya ham AQSH rasmiylari bilan dialog o‘tkazishga, ham yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilikka tayyor bo‘lishi kerak. Bu haqda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining yalpi majlisida gapirgan, deb xabar bermoqda “Yonhap” agentligi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qarama-qarshilikka “to‘liq tayyor bo‘lish” kerak.
Xabarda aytilishicha, Kim Chen In AQSHning yangi tashkil etilgan ma’muriyatining KXDRga nisbatan siyosiy tendensiyasini batafsil tahlil qilgan. Shuningdek, u Koreya yarimorolidagi vaziyatni “barqaror nazorat qilish” uchun harakatlarni amalga oshirishga ham chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil yanvar oyida Kim Chen In AQSH KXDRning asosiy dushmani ekanini aytgandi. U davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar Vashington dushmanlik siyosatidan voz kechgan taqdirdagina o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi