Kichik Berdimuhamedov ikkinchi kitobini ham yozib tugatdi

Madaniyat-san’at

image

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov o‘zining ikkinchi – “Anau – ming yillar ilgarigi madaniyat” kitobini yozdi. U bu haqda bugun, 24 mart kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kitob 2023 yil noyabr oyida TURKSOY tomonidan Anau shahri “Turk dunyosining madaniy poytaxti”, deb e’lon qilingani munosabati bilan yozilgan.

Berdimuhamedov shaharda turkman xalqining eng qadimiy, boy tarixi va madaniyatiga oid ko‘plab dalillar topilganini qo‘shimcha qilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yil dekabr oyida Serdar Berdimuhamedov o‘zining “Yoshlar – Vatan tayanchi” nomli ilk kitobini taqdim etgan edi. Uning otasi, sobiq prezident va amalda Turkmaniston xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 35 dan ortiq kitob yozgan. Mamlakat birinchi prezidenti Saparmurod Niyozovning “Ruhnoma” asari uzoq vaqt maktab va oliy ta’lim muassasalarida darslik sifatida o‘qitilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Turkmaniston Prezidentining ilk kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston Serdar Berdimuhamedov Anau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing