Xuddi kinolardagidek: Gretsiya chang ichida qoldi

Olam

image

Gretsiyaning Krit orolida sahrodan kelgan kuchli qum va chang bo‘roni kuzatildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Sahroi Kabirdan ko‘tarilgan chang Gretsiya hududiga yetib kelib, osmonni to‘q sariq va qizg‘ish rangga bo‘yadi hamda g‘ayrioddiy “marsga o‘xshash” manzara hosil qilgan.

Bu hodisa kuchli janubiy shamollar tufayli yuzaga kelgan bo‘lib, chang O‘rta yer dengizi orqali ko‘chib o‘tgan. Ayniqsa Iraklion atrofida ko‘rish darajasi keskin yomonlashib, aeroport ishiga ham ta’sir ko‘rsatgan – ayrim reyslar kechiktirilgan yoki boshqa yo‘nalishga burilgan.

Mahalliy hokimiyat aholi va sayyohlarga imkon qadar uyda qolishni, ortiqcha harakatlanmaslikni tavsiya qilgan. Ayniqsa, nafas yo‘llari kasalligi bor odamlar uchun ehtiyot choralariga qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlangan.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kunlarda ob-havo asta-sekin o‘zgarib, havodagi chang miqdori kamayishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘arbiy Avstraliyada kuchli bo‘ron fonida noodatiy tabiat hodisasi kuzatildi – ayrim hududlarda osmon to‘q qizil tusga kirib, hududni qalin chang qoplagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gretsiya Sahroi Kabir Krit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing