XTV Toshkentdagi maktabda qizlarga jinsiy tarbiya darsi o‘tilganiga izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 238-maktabning 9-11-sinf o‘quvchi qizlari bilan bolalar ginekologi suhbat o‘tkazgani haqida videolar tarqalyapti.

Xalq ta’limi vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“Bugungi kunda mamlakatimizda erta tug‘ruqlarni oldini olish, yoshlarning reproduktiv salomatligini asrash, jinsiy zo‘ravonliklarni profilaktika qilish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda”, deya boshlangan bayonot.

Erta turmush va tug‘ruq holatlari hamda oilaviy ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni oldini olish maqsadida Uchtepa tuman tibbiyot birlashmasi bolalar ginekologi tomonidan 238-maktabning yuqori 9, 10, 11-sinf o‘quvchi qizlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbati ana shunday ishlarning mantiqiy davomi bo‘lgan.

Vazirlikning qayd etishicha, “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish va erta homiladorlikning salbiy oqibatlari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Erta turmush va erta tug‘ruq holatlari hamda ajralishlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirining buyruqlari asosida tashkil qilinmoqda. Bu kabi o‘smirlik fiziologiyasi, reproduktiv salomatlikka oid suhbatlarni barcha umumta’lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari bilan rejaga muvofiq o‘tkazish belgilangan.

“Suhbatlar davomida o‘quvchi qizlarga bolalar ginekologi tomonidan qizlarning 16-18 yoshlarda ona bo‘lishi salbiy oqibatlarga olib kelishi, ko‘p hollarda bunday yoshdagi qizlarning sog‘lom farzandni dunyoga keltirishida turli muammolar kelib chiqishi to‘g‘risida tushuntirishlar berib boriladi”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

XTV jinsiy tarbiya

Baholaganlar

1456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing