XTV o‘qituvchilarni aldanib qolmaslikka chaqirdi
Jamiyat
−
12 iyun 2022
19470Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilarga murojaat bilan chiqib, ularni turli jurnallarda maqola chop etish attestatsiyadan o‘tishga yordam berishi haqidagi xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
“So‘nggi kunlarda ayrim Telegram kanallar, jumladan “Mahoratli pedagog” kanali va jurnali Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda faoliyat yuritishi borasida haqiqatga zid bo‘lgan ma’lumotlarni bergan holda, o‘z jurnalida pullik asosda maqolalar chiqarish hamda pullik seminarlarga qatnashish xizmatlarini targ‘ib qilmoqda.
Buning evaziga esa sertifikat egalariga navbatdagi attestatsiyadan o‘tish, toifa va ustama olishda yordam bo‘lishi iddao qilinmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Shu munosabat bilan XTV “Mahoratli pedagog” Telegram kanali va jurnali bilan hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini, ushbu kanal orqali beriladigan sertifikat esa hech qanday imtiyozlarga ega emasligini va Xalq ta’limi vazirligi pedagoglarga bu kabi pullik xizmatlar ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi