7 yashar bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan maktab muammosi qachon hal bo‘lishi aytildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani A-378 “Samarqand—G‘uzor” yo‘lidan Samarqand tomon harakatlanib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi piyodalar yo‘lakchasi orqali yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborgan va 7 yoshli bola halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Bola o‘z qishlog‘ida maktab bo‘lmagani uchun boshqa hududdagi ta’lim muassasasiga borgan va xavfli yo‘ldan yurgan.

Xalq ta’limi vazirligi bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Ibrohim Jo‘rayev ushbu hududda bo‘lib holatni o‘rgangan.

Ma’lum bo‘lishicha, bola mazkur maktabga tayyorlov guruhiga qatnayotganda piyodalar yo‘lakchasidan yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtda YTHda halok bo‘lgan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan yilning 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida ajratilgan qo‘shimcha mablag‘ hisobiga mazkur hududda 99-maktab filiali o‘rniga 176 o‘rinli to‘laqonli maktab yangi o‘quv yiligacha qurilishi rejaga kiritilgan va bu haqda hudud aholisi xabardor bo‘lgan. Ayni damda maktabning loyiha-smeta hujjatlari tayyor va maktab qurilishi bo‘yicha tenderga qo‘yilgan.

Yangi maktab qurilishi natijasida “Istiqlol” mahallasining bolalari yo‘lni kesib o‘tmasdan o‘zining hududidagi maktabga qatnash imkoni bo‘ladi va ushbu maktab filialiga to‘laqonli maktab maqomi beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

maktab XTV

Baholaganlar

812

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing