XTV sobiq deputat Qobil Dusovni sudga berdi
Jamiyat
−
10 Sentabr 2020
17784Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq ta’limi vazirligi fuqaro Qobil Dusovni sudga berganligi haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlik bu xabarlarga munosabat bildirib, uni tasdiqladi.
“Darhaqiqat, Xalq ta’limi vazirligi o‘zining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi ma’lumotlar tarqatganligi uchun fuqaro Qobil Dusovdan raddiya berishni talab qilib fuqarolik sudiga murojaat qilgan.
Sud jarayoni yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini bildiramiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, Qobil Dusov avval “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani kengashi deputati bo‘lgan. Dusov o‘tgan yilning oktyabr oyida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida aholi bilan janjallashishi ortidan u partiya safidan chetlashtirilgan.
LiveBarchasi