XTV maktablar qanday holatda onlayn ta’limga o‘tishini ma’lum qildi
Jamiyat
−
03 fevral 2022
15171Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining kecha, 2 fevraldagi qaroriga asosan 7 fevraldan boshlab umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda davom ettiriladi.
Xalq ta’limi vazirligi an’anaviy ta’limga qaytish yuzasidan ba’zi tushuntirishlarni berib o‘tdi.
Qayd etilishicha, barcha umumta’lim maktablarida o‘qituvchi va o‘quvchilar niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatiy rioya etilgan holda antiseptik vositalardan muntazam foydalanishlari talab etiladi.
Shuningdek, dars mashg‘ulotlari amaldagi dars jadvali asosida sinf sistemasida tashkil etiladi.
Maktab ma’muriyati virus tarqalishini oldini olish maqsadida, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining niqob taqib yurishi hamda ijtimoiy masofani saqlashini qatiy nazoratga olishi talab etiladi.
Shu bilan birgalikda, umumta’lim maktabida kasallanish holatlari ko‘paygan taqdirda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining xulosasiga ko‘ra bevosita ushbu maktabda an’anaviy ta’lim jarayonini cheklash bo‘yicha qarorlar qabul qilish mumkin.
LiveBarchasi