Xovosda uch egizak tug‘ildi. Ularga Shavkat, Miromon, Mirziyo ismi berildi
Jamiyat
−
05 noyabr 2019
6130Biroz avval, Toshkent viloyati Bekobod shahrida istiqomat qilayotgan Jo‘rayevlar oilasida to‘rt egizak tug‘ilgani haqida xabar bergan edik. Xushxabarlar davom etadi!
Sirdaryo viloyati Xovos tumani “Qahramon” QFYda istiqomat qiluvchi Ilhomjon Ohunov va Yulduzxon Qushoqovaning oilalarida ham uch egizak dunyoga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Uch qiz, bir o‘g‘ildan so‘ng, tug‘ilgan uch egizak chaqoloqlarga yaxshi niyat bilan Shavkat, Miromon, Mirziyo deb ism qo‘yildi.
“Shavkatjonning vazni 2,500, Miromonning vazni 1,500, Mirziyoning vazni 2,000 kilogramm. Chaqaloqlar muddatidan biroz oldin tug‘ilgan bo‘lishsa-da, sog‘lom. Ular viloyat perinatal markazida shifokorlar nazoratida parvarishlanmoqda. Ahamiyatli tomoni, chaqaloqlar markazimizda tug‘ilgan birinchi egizaklarimiz”, deydi viloyat perinatal markazi bo‘lim boshlig‘i Klara Babayeva.
Eslatib o‘tamiz, Bekobod shahrida to‘rt egizakni quchog‘iga olgan oilaga “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan shaharning 14 dahasidan 3 xonali uy sovg‘a qilingan edi.
LiveBarchasi