Termizda uch egizak tug‘ildi

Jamiyat

image

Termiz shahar tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limida fuqaro Iroda Xo‘jamova bir yo‘la uch egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda O‘zA yozmoqda. 

Ayolning turmush o‘rtog‘i Umidjon Haydarov qurilish tashkilotida ishchi bo‘lib, mehnat qiladi. Bu baxtiyor oilada ikki qiz kamolga yetayotgan edi. Endilikda ular besh nafar bo‘ldi. Chaqaloqlarga Hasanboy, Fotima va Zuhra, deb ism qo‘yildi. 

Termiz shahar tibbiyot birlashmasidan ma’lum qilishlaricha, tug‘ilgan uch chaqaloq malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi. Ular sog‘lom. Onani ham, chaqaloqlarni ham tajribali shifokorlar nazorat qilib, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda so‘nggi uch egizak joriy yilning 19 sentyabr kuni Farg‘onada, Xurshidbek Ibrohimov va Nozimaxon Ahmadjonova oilasida dunyoga kelgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Egizaklar

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing