Bekobodda to‘rt egizak tug‘ildi. Oilaga yangi uy sovg‘a qilindi
Jamiyat
−
05 noyabr 2019
10096Toshkent viloyati Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi Jo‘rayevlar oilasida birdaniga to‘rt egizak dunyoga keldi. Shu munosabat bilan kecha, 4 noyabr kuni ushbu oilaga “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan shaharning 14 dahasidan 3 xonali uy sovg‘a qilingan.
Gap shundaki, chaqaloqlar joriy yilning 21 sentyabr kuni Bekzod va Shoira Jo‘rayevalar oilasida tug‘ilgan. Chaqaloqlarga Hasan, Husan, Fotima va Zuhra deb ism berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilinishicha, onaning ham, chaqaloqlarning ham salomatligi a’lo darajada. Ular doimiy shifokor nazorati.
Ma’lumot uchun, tibbiyot tarixida bunday homiladorlik kamdan-kam uchraydi va uning muvaffaqiyatli kechishi va bolalar sog‘lom dunyoga kelishi uchun jiddiy tibbiy ko‘mak talab qiladi. Jo‘rayevlar oilasiga Respublika Perinatal markazi tomonidan eng so‘nggi perinatal texnologiyalar bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatilgan.
LiveBarchasi