Bekoboddagi korxona havoni me’yordan ming barobardan ziyod ifloslantirgani ma’lum böldi (video)

3-sahifa

−

image

Toşkent viloyatidagi korxonalardan biri havoga oltingugurt dioksidini belgilangan me’yordan 1 533 baravar köp çiqargani aniqlandi. “M.K.” korxonasiga tabiatga yetkazilgan zarar uçun 1 milliard 630 million sömdan ortiq kompensatsiya tölovi belgilandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinişiça, Ekologiya politsiyasi xodimlari Bekobod şahridagi korxonaning elektrda pölat eritiş va ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmalarini örgangan.

Laboratoriya tahlillarida elektrda pölat eritiş bölinmasidan çiqarilayotgan noorganik çang miqdori me’yordan 2,4 baravar, oltingugurt dioksidi 1 533 baravar, uglerod oksidi esa 20 baravar yuqori ekani aniqlangan.

Ferroqotişmalar işlab çiqariş bölinmasida ham körsatkiçlar belgilangan me’yorlardan oşgan. Xususan, noorganik çang 24,9 baravar, azot dioksidi 2,12 baravar, uglerod oksidi esa 23,3 baravar köp çiqarilgan.

Şuningdek, elektrda pölat eritiş sexidagi çang-gaz tozalaş uskunalari samarali işlamagani sababli ifloslantiruvçi moddalarning bir qismi töğridan töğri atmosferaga çiqib ketgani qayd etilgan.

Örganişda korxonada ekologik ekspertiza xulosalari talablari töliq bajarilmagani, ayrim ifloslantiruvçi manbalarda avtomatlaştirilgan monitoring tizimlari örnatilmagani va laboratoriya nazorati yetarli darajada taşkil etilmagani ham aniqlangan.

Aniqlangan qonunbuzilişlar uçun korxonaga 1 milliard 630 million 920 ming 419 söm kompensatsiya tölovi hisoblangan.

Bundan taşqari, korxonaga çang-gaz tozalaş uskunalari filtrlarini töliq almaştiriş, ularning samaradorligini kamida 95 foizga yetkaziş, laboratoriya nazoratini kuçaytiriş hamda asosiy ifloslantiruvçi manbalarga avtomatik monitoring stansiyalarini örnatiş böyiça majburiy körsatmalar berilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanida faoliyat yuritayotgan 6 ta korxona oqova suvlarni yetarli darajada tozalamasdan oçiq joylarga taşlab kelgani aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing