Prezident tashrifidan so‘ng Bekobod shahri hokimi ishdan olindi

Jamiyat

image

Bugun, 14 iyul kuni Nasrullo Boboyev Toshkent viloyatining Bekobod shahri hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bekobod shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va navbatdagi muhim vazifalar yuzasidan tahliliy ma’ruza qilgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan. Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Nasrullo Nurilloyevich Boboyev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Zoir Mirzayev Bekobod shahar hokimi lavozimiga shu paytga qadar Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi maxsus sanoat parki direksiyasi direktori Narimonjon No‘monovich Ismoilov nomzodini tavsiya qilgan. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan Narimonjon Ismoilov Bekobod shahri hokimi etib tasdiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston metallurgiya kombinatida barpo etilgan yangi Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirish marosimida ishtirok etgandi. Shuningdek, “Xos yoz” kanali bo‘yi va “Do‘stlik” mahallasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing