O‘zbekistonda hafta davomida sovuq havo hukm suradimi?
Bu qiziq
−
05 noyabr 2019
7694Kecha, 4 noyabr kuni avval ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural rayonlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keldi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta davomida kutialayotgan ob-havo haqida ma’lumot berib, O‘zbekiston 5-9 noyabrda sovuq antitsiklon hukmron bo‘lishini ma’lum qildi.
Havo sovuq bo‘lishiga qaramay yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, faqat kechasi va 5 noyabr kuni tongda Srxondaryo viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli saqlanib turadi.
Kechasi harorat 0...+5 daraja atrofida bo‘ladi. 5-7 noyabrda ilk kuzgi ayoz kuzatiladi, kunduzgi harorat 5-7 noyabrda +8...+13 daraja, 8-9 noyabrda +10...+15 daraja bo‘ladi.