Xotinini himoya qilib, o‘z onasini o‘ldirgan o‘g‘ilga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

Marg‘ilon shahar sudida xotini va onasi o‘rtasidagi janjalga aralashib, o‘z onasining qotiliga aylangan 20 yashar yigitning ishi ko‘rib chiqildi. Qotil 12 yilga qamaldi. 

Qayd etilishicha, hodisa Marg‘ilon shahar "Do‘stlik" MFYdagi sodir bo‘lgan. Qotilning ayoli marhum qaynonasi bilan tortishib qolgan. Yigit esa oilasini janjaldan xalos qilish maqsadida xotinini uyidan olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan. Shunda ona va o‘g‘il o‘rtasida ham kelishmovchilik chiqqan. 

Janjal natijasida o‘g‘il onasining chap yelkasiga bir marotaba pichoq sanchgan. Oqibatda, ona vafot etgan.

Mahalla faollarining ma’lum qilishicha, oila nizoli xonadonlardan bo‘lgan. Ona va o‘g‘il o‘rtasida azaldan kelishmovchilik bo‘lib kelgan. Fojiadan bir necha kun oldin sudlanuvchi oilasida ham farzand dunyoga kelgan.

Sud hukmi bilan o‘z onasining qotiliga aylangan o‘g‘ilga 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Sudlanuvchi kasal otasi, ikki nafar ukasi va yosh farzandi borligi sababli jazoni yengillatish umidida apellyatsiya sudiga murojaat qilgan. Biroq sud uning shikoyatini rad etgan va hukm o‘zgarishsiz qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Sud Marg'ilon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing