Xotiniga farzandining axlatini yedirgan er voqea qanday bo‘lganini aytib berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani “Oqqo‘rg‘on” mahallasida yashovchi 46 R.I. (erkak) turmush o‘rtog‘ini kaltaklab, uni farzandining axlatini yeyishga majburlagani haqida xabar bergan edik.

R.I. Zo’r TV telekanalining “Bu kun” dasturiga bergan intervyusida u nega xotinini urgani va tahqirlovchi xatti-harakatlarining sababini aytib berdi.

“Kechki soat 9:00 larda ishdan uyga qaytdim. Hammomda qizining najasi yotardi, uni hech kim olib tashlamagan. Xotinim va qizim telefonga qarab yotishardi. Keyin men ularga tanbeh berib, nega hech kim bolaga qaramayotganini so‘radim. Menga buni o‘zim ham yuvishim mumkinligini aytishdi. Aybim, ularni shunga o‘rgatib qo‘yganimda”, deydi R.I.

Fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u xotini va qiziga jahl qilib, axlat to‘la tuvakni uloqtirgan. Keyin o‘ziga oshxonada yuz-qo‘lini yuvib, o‘ziga kelib olgan. Bu vaqtda qizi kulib, bo‘lgan ishlarni videoga olayotganini ko‘rgan.

“Qo‘limga tayoqni olib, gap qaytargani uchun bir necha marta xotinimni qo‘liga urdim. Qizim esa videoni e’lon qildi. U hech nimani tushunmaydi”, degan qo‘lga olingan fuqaro.

U bolalarni orqasidan tozalash ayollar ishi ekaniga qaramay 15 yil davomida shu ishlarni qilib kelganini ham aytib o‘tgan. Ammo o‘sha kuni soat 9:00 da kelganida axlat atrofida chivinlar uchib yurganini ko‘rib, u g‘azablanib ketgan.

“Men aybdorman, o‘zimni oqlamayman. Ammo u bunday ish qilishi kerak emasdi”, degan fuqaro R.I.

Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tergov bo‘limida ma’lum qilinishicha, qo‘lga olingan erkak qisman o‘z aybini tan olgan. Ammo bu ishni g‘azab ustida hissiyotga berilib qilganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

zo'ravonlik

Baholaganlar

2352

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing