Xorvatiya terma jamoasining yangi murabbiyi kimligi aniq bo‘ldi
Sport
−
13 iyul 1159 1 daqiqa
Slaven Bilich Xorvatiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga qaytishga rozilik berdi. Bu haqda jurnalist Aleks Kruk ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qildi.
Uning ma’lum qilishicha, Bilichning tayinlovi yaqin kunlar ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Avvalroq, joriy yilning 8 iyul kuni Xorvatiya terma jamoasini 2017 yil oktyabridan buyon boshqarib kelgan Zlatko Dalich bosh murabbiylik lavozimini tark etgan edi.
Dalich boshchiligida Xorvatiya 2018 yil Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kumush, 2022 yil Qatardagi mundialda bronza, shuningdek, 2023 yilgi Millatlar ligasida kumush medallarni qo‘lga kiritgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa jamoa pley-off bosqichiga chiqqan bo‘lsa-da, 1/16 finalda Portugaliyaga mag‘lub bo‘ldi.
57 yoshli Bilich so‘nggi marta Saudiya Arabistonining “Al-Fateh” klubini boshqargan. U mazkur jamoada 2023–2024 yillar davomida faoliyat yuritdi.
Bilich avval ham Xorvatiya terma jamoasiga 2006-2012 yillar oralig‘ida murabbiylik qilgan. U jamoani 2008 va 2012 yilgi Yevropa chempionatlariga olib chiqqan.
Murabbiylik faoliyati davomida Bilich Turkiyaning “Beshiktosh”, Angliyaning “Vest Hem”, “Vest Bromvich Albion” va “Uotford”, Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” hamda Xitoyning “Beyszin Goan” klublarida ham ishlagan.
Live
Barchasi