Xorvatiya poytaxtida 16 qavatli bino yonib kul bo‘ldi
Olam
−
19 noyabr 2172 2 daqiqa
Xorvatiya poytaxti sanalmish Zagreb shahrida 16 qavatli bino yonib ketdi. Bu haqda “Index” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida bir nechta vazirliklarning arxivlari yonib ketgan.
OAV ma’lumotiga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishga 93 nafar o‘t o‘chiruvchi va 30 ta texnika jalb qilingan. Yong‘in “Vjesnik” deb nomlanuvchi osmono‘par binoda sodir bo‘lgan. AQSHdagi Lever House ofisi binosi namunasida qurilgan, norasmiy ravishda “Shokolad minorasi” deb ham ataladigan bino yong‘in sodir bo‘lgan vaqtda deyarli bo‘sh bo‘lgan. Yong‘in kecha, 18 noyabr kuni tushdan keyin o‘chirilgan, deya xabar tarqatilgan, ammo metall va beton konstruksiyalar hali ham tutayotgan edi. Rasmiylarga ko‘ra, yong‘in sababi hozircha noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Xorvatiyaning Hududiy rejalashtirish, qurilish hamda davlat mulki vaziri Branko Bachich “Vjesnik” osmono‘par binosidagi yong‘in joyiga shaxsan o‘zi borgan. U OAVga bergan bayonotida binoda sodir bo‘lgan voqealar tafsilotlarini aytib bergan va yong‘in ayrim davlat vazirliklari arxivlariga yetib borganini tasdiqlagan. Shuningdek, binoning ko‘plab qavatlari bo‘sh turganini qayd etgan.
“Binoning bir qismida Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi yoki Soliq boshqarmasining arxivi joylashgan edi. Ko‘plab qavatlar bo‘sh edi, ularda hech narsa yo‘q edi”, degan Bachich.
Uning ta’kidlashicha, Xorvatiya Respublikasi besh yuridik shaxs bilan birga ushbu binoning egasi hisoblanadi.
OAVning yozishicha, bino yaqin vaqt ichida qayta tamirlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Misrda “Iberotel Crown Empress” nomli sayyohlik kruiz laynerida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi