Qodirov Rossiyada Ukrainaga qarshi urushga yollanayotgan o‘zbekistonliklarni fuqarolikdan chiqarishni taklif qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda mamlakat fuqarolari xorijiy davlatning harbiy yoki xavfsizlik xizmatlariga yollangani uchun uni fuqarolikdan mahrum qilish tartibini joriy etish rejalashtirilyapti. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ma’lum qildi.

Deputat Rossiyada O‘zbekiston fuqarolaridan Ukrainadagi harbiy harakatlarda qatnashishi uchun batalon tuzish tashabbusiga munosabat bildirib, mamlakat fuqarosi boshqa davlatning harbiy yoki xavfsizlik xizmatlariga yollangani uchun Jinoyat kodeksiga muvofiq 5 yilgacha qamalishi ko‘zda tutilganini eslatgan.

Qodirov o‘z navbatida bu jazoni ta’sirsiz chora ekanini ham qayd etgan.

“Bunday shaxslarni yollanish rasmiylashtirilgan kunidan e’tiboran fuqaroligini bekor qilish va O‘zbekistonga kirishini umrbod ta’qiqlash kerak.

Qonunga tegishli o‘zgartirish kiritish masalasida maslahatlashuvlarni boshladik”, degan Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Perm shahridagi o‘zbek diasporasi rahbari Ukrainadagi urushda ruslarga yordam berishi uchun o‘zbeklardan batalon tuzish taklifini bildirdi. Buning ortidan O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida ko‘ngilli batalonlar tuzish va/yoki harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Qodirov

Baholaganlar

845

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing