Xorijdan turib ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarni imtihonga qo‘yish shartlari e’lon qilindi

Jamiyat

image

2020/2021 o‘quv yili qabulida OTMga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun xorijdan turib ro‘yxatdan onlayn o‘tgan abituriyentlar O‘zbekistonga kirish test sinovlari boshlanishidan kamida uch hafta oldin kelishi kerak bo‘ladi. Bu haqda bugun, 25 iyun kuni Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov ma’lum qildi.

Xorijdan kelgan abituriyent koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy qilingan karantin talablarini to‘liq bajarganidan so‘ng, Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik agentligi taqdim etgan xulosalari asosida test sinovlariga kiritiladi.

Test sinovlari joriy yilda avgust oyida katta sig‘imli binolarda o‘tkaziladi. Abituriyent o‘zi tanlagan hududda, Davlat test markazi tomonidan onlayn tarzda taqdim etiladigan ruxsatnomasida belgilangan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

Imtihonlarda abituriyentlarning ota-onalari uchun alohida kutish (to‘planish) joylari tashkil qilinmaydi, ular barcha binolardagi test sinovlarini (test2020.uz sayti orqali) onlayn kuzatib borishlari mumkin.

Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga va binoga mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari, shpargalkalar va shu kabilar bilan kirishi taqiqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

Test topshiriqlari soni 60 tani tashkil etadi. Bunda, birinchi fan bo‘yicha 30 ta savol, har bir savolga 3,2 ball beriladi va 96 balni tashkil etadi, ikkinchi fan bo‘yicha ham 30 ta savol, har bir savolga 3,1 ball beriladi va 93 balni tashkil etadi. Eng yuqori ball 189 ni tashkil etadi.

2020/2021 o‘quv yilida oliy harbiy ta’lim muassasalari nomzodlariga istisno tariqasida test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqi berildi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon abiturient

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing