Xorijda qancha o‘zbekistonlik migrantlar ishlayotgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
20 avgust 2020
10367Xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarning soni 2 milliondan oshib, 2 million 40 870 kishini tashkil etmoqda. Ularning 992 610 nafari rasman ishga joylashgan, 1 million 48 260 nafari esa norasmiy mehnat muhojiri bo‘lib qolmoqda. Bu haqda "Xalqaro press-klub" sessiyasida ma’lum qilindi.
1 million 562 238 kishi Rossiya Federatsiyasidagi migrantlar bo‘lib, 656 266 kishi rasmiy, 905 972 kishi norasmiy migrant maqomini olgan.
Qozog‘istonda ishlayotgan o‘zbekistonliklar esa 240 556 nafarni tashkil etmoqda. Ularning 192 300 nafari rasmiy, 48 266 nafari norasmiy mehnat muhojiri sanaladi.
Ayni vaqtda Janubiy Koreyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar esa 71 325 kishini tashkil etmoqda. Ulardan 39 874 nafari rasmiy, 31 451 nafari norasmiy migrantlar.
Turkiyada ishlayotganlar esa ayni vaqtda 43 178 nafarga yetgan. Ularning 9 944 nafari rasmiy, 33 234 nafari norasmiy migrantlar.
Birlashgan Arab Amirliklaridagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari esa 120 ming kishini tashkil etmoqda.
Jami mehnat migrantlarining viloyatlar kesimi bo‘yicha statistikasi quyidagicha:
• Samarqanddan — 268 ming;
• Farg‘onadan — 247 ming;
• Qashqadaryodan — 178 ming;
• Surxondaryodan — 164 ming;
• Xorazmdan — 140 ming;
• Andijondan — 132 ming;
• Toshkent viloyatidan — 102 ming;
• Toshkent shahridan — 90 ming;
• Buxorodan — 88 ming;
• Jizzaxdan — 88 ming;
• Namangandan — 69 ming;
• Qoraqalpog‘istondan — 66 ming;
• Sirdaryodan — 57 ming;
• Navoiydan — 25 ming.
LiveBarchasi