Xorazmdagi bog‘chadan ham bolaning jasadi chiqdi
3-sahifa
−
04 avgust 2022
28264Xorazm viloyatining Xonqa tumani “Toma” mahallasidagi 24-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 yashar tarbiyalanuvchi vafot etdi. Maktabgacha ta’lim vazirligi hodisa haqida ma’lumot berdi.
Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, ushbu tashkilotning 5 yoshli tarbiyalanuvchisi Sh.A. kecha, 3 avgust kuni tushlikdan keyin soat 12:20 larda o‘zini g‘alati tuta boshlagan. Holatni payqagan tarbiyachi zudlik bilan hamshira xabar bergan. Hamshira birinchi yordam ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng Xonqa tumani tibbiyot birlashmasidan tez tibbiy yordam chaqirilgan hamda tarbiyalanuvchining ota-onasiga xabar yuborilgan.
Biroq tez tibbiy yordam xodimlarining urinishlariga qaramay bolaning o‘limi qayd etilgan.
Boshqarma ishchi guruhi va Xonqa tuman huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan surishtiruv davomida tarbiyachining otasi farzandining epilepsiya kasalligi borligini aytgan.
Hozirda ushbu holat bo‘yicha, Xonqa tumani huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Qayd etish kerakki, bu bog‘chada bolalar o‘limi bilan bog‘liq birinchi holat emas. Joriy yilning 21 aprelida Andijondagi bog‘chaning 4 yoshli tarbiyalanuvchisi, 28 iyul kuni Shahrisabz shahridagi bog‘chada 8 yashar, 1 avgust kuni Namanganda 5 yashar bola vafot etdi.
LiveBarchasi