Xorazmda ona va uning 3 farzandi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

3-sahifa

−

image

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida ovqatdan zaharlanish oqibatida bir oilaning 4 a’zosi – ona va uning 3 nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 8 oktyabr kuni oilada zaharlanish alomatlari kuzatilgan. Ular bir kun avvalgi tug‘ilgan kun marosimidan qolgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan.

Marhumlarning o‘lim sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Tekshiruvga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutaxassislari jalb qilingan.

Mazkur holat yuzasidan 2026 yil 10 oktyabr kuni Jinoyat kodeksining 276-11-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bunga odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan, iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoki sotish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari mavjudligi, zudlik bilan tegishli tergov harakatlarini o‘tkazish orqali haqiqatni aniqlash lozimligi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yashar tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi kimyoviy vositani bilmasdan ichib qo‘yib, vafot etgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing