Xorazmda tarbiyachi bolalarni qarg‘agan videosini adashib ota-onalar guruhiga jo‘natdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi bog‘chalarning birida tarbiyachilarning bolalarni qarg‘agani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videolavhada aks etgan holat joriy yilning 18 sentyabr kuni Qo‘shko‘pir tumanidagi 39-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘lgan. O‘rganish davomida mazkur Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 2-o‘rta guruh tarbiyachisi M.B. o‘zining mobil qurilmasida tarbiyalanuvchilar bilan shug‘ullanayotib, jarayonni videotasvirga olgani va bexosdan shu guruh ota-onalari uchun ochilgan maxsus Telegram-guruhiga jo‘natgani aniqlandi.

“Ishchi guruh tomonidan tashkilot xodimlari o‘rtasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, qayta shunday holatlar sodir bo‘lsa, qonuniy chora ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi”, deyiladi xabarda.

Holatga sababchi bo‘lgan tarbiyachi M.B. esa qilgan ishidan pushaymon ekanini bildirib, mazkur guruh ota-onalaridan uzr so‘ragan va o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachi ayol 5 yoshli bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lgani, yig‘layotgan tarbiyalanuvchilardan biriga baqirib, go‘yoki tinchlantirish uchun qo‘lidagi narsa bilan kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Ushbu tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ham bekor qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm tarbiyachi Qo'shko'pir tumani ota-onalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing