Xorazmda masjid yonidagi daraxtlarni kesgan shaxsga chora ko‘rildi (video)
Jamiyat
−
30 mart 2023
4597Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida 2 tup gujum daraxtlarini kesgan shaxsga 10 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Xabarga ko‘ra, Qo‘shko‘pir tumani “Yangilik” mahallasi hududida joylashgan Az-Zamaxshariy masjidi yonida kesilgan 2 tup gujum daraxti kesilgan. Daraxtlarni shu tumanda yashovchi fuqaro R.R. hech qanday tashkilotlardan ruxsat olmasdan kesib tashlagani aniqlangan.
Holat yuzasidan fuqaro R.R.ga nisbatan Ma’muriy kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari yani 1 mln 500 ming so‘m jarima hamda 8 mln 400 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Modern techno” MCHJga qarashli hududda mavjud 100 ta daraxtning 35 tasi noqonuniy ravishda yo‘q qilingan edi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatida fermerlar o‘zboshimchalik bilan daladagi o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborib, o‘simlik dunyosiga jami 167,7 mln so‘m zarar yetkazgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi