Xorazmda bog‘cha opa yosh bolaning qo‘liga igna tiqqani aytilmoqda (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘cha opa tomonidan bola kaltaklanib, qo‘liga igna tiqilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.

Aniqlanishicha, videodagi holat 2023 yilning noyabr oyida Xorazm viloyatining Gurlan tumanida joylashgan 23-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan. Ushbu bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlovchi F.S. bog‘cha tarbiyalanuvchilari M.X., T.Sh. (2018 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar) ning go‘yoki bir-biri bilan urishgani vaji bilan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘lgan va bolalar yuziga bir necha bor tarsaki tushirgan. Bu holat videotasvirga tushgan.

“Mazkur holatni, shuningdek, bolaning qo‘liga igna tiqish harakatini aniqlash yuzasidan hozirda voqea yuzasidan Gurlan tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkentdagi bog‘chada bolalarni qo‘rqitib, kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan olingandi. Yana bir holatda esa 5 yashar bolani kaltaklagan tarbiyachi ishi tekshirilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm bog'cha bog'cha opa Gurlan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing