Xorazmda belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlarga chora ko‘rildi 

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan shaxslar jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xiva shahri “Sangar” MFY hududida fuqarolar S.U., A.M., A.B., A.A., I.M., S.M., X.B., Sh.I., X.Sh., Y.I., M.U., V.B., B.D.  tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlangan. Shuningdek, Xiva shahar “Guliston” MFYda A.A. va A.Sh., Urganch shahar Sanoatchilar ko‘chasida esa A.A. tomonidan xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etilgan. 

Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.  Huquqbuzarlarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari – 340 ming so‘mdan jarima belgilandi. Shu bilan birga, Urganch shahrida chiqindi tashlagan A.A. hamda Xiva shahrida chiqindi tashlagan A.A.lar BHMning 2 baravari – 680 ming so‘m hamda 3 baravari – 1 million 20 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

“Onlayn kuzatuv kameralari nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlab, bartaraf etishga imkon beradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘zsuv kanaliga axlat tashlagan Toshkent shahar Kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimi jarimaga tortilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm chiqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing