Xorazmda 2 kishi is gazidan vafot etdi
3-sahifa
−
08 dekabr 2022
4815Xorazm viloyati Yangibozor tumanida ikki nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 8 dekabr kuni soat 08:51 larda tuman Tibbiyot birlashmasi Tez tibbiy yordam bo‘limi dispetcheridan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar tushib, Bog‘olon qishlog‘ida yashagan 1958 yilda tug‘ilgan fuqaro va uning 2009 yilda tug‘ilgan nabirasi vafot etgani bildirilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar natijasiga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan xonadanda 9 nafar fuqaro bo‘lgani, ulardan 2 nafari vafot etgani va qolgan 7 nafari tuman shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgani va ularning sog‘ligi yaxshi bo‘lgani uchun uyiga ruxsat berilgani aniqlangan.
2 nafar fuqaro vafot etgani bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat yuzasidan tergovni Yangibozor tumani prokuraturasi olib bormoqda.
LiveBarchasi