Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasiga boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
21 avgust
4377Kamoliddin Ma’murovich Shermatov Xorazm viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, tayinlov Ekologiya vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirildi.
Ma’lumot uchun, Kamoliddin Shermatov 1974 yil 29 mayda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Navoiy viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Zarafshon milliy tabiat bog‘i direktori va boshqa lavozimlarda ishlagan. Tayinlovga qadar Ekologiya vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasiga boshliq tayinlangandi.
LiveBarchasi