“Xorazm shakar” faoliyatini tikladi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekistondagi ikkita yirik shakar zavodi – “Angren shakar” va “Xorazm shakar” MCHJlar ishlab chiqarishni boshlashga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, zavodlar faoliyati to‘xtatilgani ko‘pchilikni, jumladan, hukumatni ham befarq qoldirmagan. Muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Natijada esa “Xorazm shakar” MCHJ 8 noyabr kuni Braziliyadan xarid qilingan sifatli xom ashyodan tayyor shakar ishlab chiqarishni to‘liq quvvat bilan boshlab yubordi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ikki yirik shakar zavodi joriy yilning 15 iyul kuni mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatgandi. Bunga shakar zaxirasi ko‘payib ketgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, shakar zavodlarida xodimlarni yoppasiga ishdan bo‘shatish boshlangani xabar qilindi. Keyinroq Bandlik va mehnat vazirligi bu ma’lumotlarni rad qildi.


Maqola muallifi

Teglar

shakar

Baholaganlar

84

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing