“Xorazm HET”ga yangi rahbar tayinlandi. Avvalgisi pora bilan ushlangandi
Jamiyat
−
22 yanvar 2021
6851Avvalroq, “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi aksiyadorlik jamiyati bosh direktori Muratbay Bazarimbetov 15 ming dollar pora olayotganda ushlangani haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan Suhrob Maqsudovich Beregin – “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati bosh direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi.
Bunga qadar Suhrob Beregin "Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJning Iqtisod va moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, Muratbay Bazarimbetovga nisbatan 2020 yil 25 dekabrda Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining ajrimiga asosan Muratbay Bazarimbetovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi