Xomanaiyning maslahatchisi og‘ir yaralandi – OAV
Olam
−
11:43 2969 1 daqiqa
Eronning Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiyning maslahatchisi – Kamol Xarroziy Tehronga qilingan hujumlardan birida og‘ir yaralandi. Bu haqda “Al Hadath” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, u bombardimon paytida nishonga olingan va hozirda og‘ir ahvolda. Eron rasmiylari hozircha bu xabarni tasdiqlamagan.
Shuningdek, ushbu telekanal avvalroq Eron sud hokimiyati rahbari G‘ulom Husayn Muhsiniy ham Tehronga uyushtirilgan aviazarba oqibatida halok bo‘lganini xabar qilgan, biroq bu ma’lumot ham rasmiy tasdiq olmagan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Mujtabo Xomanaiy mamlakatning yangi Oliy rahbari etib e’lon qilingan edi. Keyinchalik uning o‘zi ham yaralangani haqida xabarlar chiqqan, dastlab bu inkor etilgan, biroq keyinroq Eron rasmiylari uning jarohat olganini tasdiqlab, holati yaxshi ekanini bildirgan.
Shuningdek, AQSH tomonidan ham turli bayonotlar yangragan. Jumladan, AQSH Prezidenti Donald Tramp yangi rahbar haqida uzoq vaqt yangilik bo‘lmaganini aytib, hatto uning halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.
Live
Barchasi