Xoland “Manchester Siti”da yana 9 yarim yil o‘ynaydi (foto)

Sport

image

Norvegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi hujumchisi Erling Xoland “shaharliklar” bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Xoland va “Manchester Siti” 2034 yilgacha shartnomani uzaytirdi. Shartnoma bandida boshqa klubga o‘tib ketmaslik kiritilgan. Shuningdek, “shaharliklar” futbol tarixidagi eng ko‘p muddatga shartnoma imzolash bo‘yicha rekord qayd etdi.

Ma’lumot o‘rnida, norvegiyalik hujumchi klub safiga 2022 yilda kelib qo‘shilgan. U joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi. Xolandning narxi “Transfermarkt” portalida 200 million yevroga baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Norvegiya Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing