XOQ G‘afur Rahimov tufayli AIBA'ni Tokio Olimpiadasidan chetlatdi. Boksni emas
Sport
−
27 iyun 2019
7327Kecha, 26 iyun kuni bir qator ijtimoiy tarmoqlarda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (HOQ) boksni Tokio Olimpiadasidan chetlatgani haqida xabarlar chiqdi.
Ma’lumki, ayni paytda Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 134 sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Sessiyada keyingi Olimpiadalarga bir qator yangi sport turlarini kiritish tashkiliy masalalari ko‘rib chiqildi.
Ayni paytda iqtisodiy jihatdan juda tang ahvolga tushib qolgan Xalqaro boks federatsiyasi (AIBA) XOQ tomonidan 2020 yilning yozida Tokioda bo‘lib o‘tadigan 4 yillikning eng nufuzli musobaqasidan chetlatdi. XOQ bu yerda tashkilotni chetlatdi, sport turi Olimpiada o‘yinlarida qoldirildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 mart kuni Xalqaro boks federatsiyalari assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti, o‘zbekistonlik G‘afur Rahimov tashkilot prezidenti lavozimidan iste’foga chiqqan edi. Uning iste’fosiga ham boks atrofidagi mash-mashalar sabab bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Havaskor boksni boshqaruvchi AIBA tashkiloti bir necha yillardan buyon mojaro ichida qolgan, boshqaruv va moliya masalalari bois sobiq prezidenti Ching-Kuo Vu 2017 lavozimidan chetlatilgan edi.
LiveBarchasi