Xitoyliklar yuborgan testlardan koronavirus yuqayotgani rostmi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Xitoydan olib kelingan koronavirus testlarining o‘zidan kasallik tarqalayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov bunga aniqlik kiritdi.

U ushbu xabarlarga izoh berib, internet olamidagi yolg‘onlarning navbatdagisi ekanini aytib o‘tdi.

“Birinchidan Test sistemasi bu virusga o‘ta sezuvchan reaktiv bo‘lib reaktivga virusni joylashtirib bo‘lmaydi. Shuning uchun Xitoyliklar yuborgan testlardan koronavirus yuqayotganligi xaqidagi gaplar asossiz, internet olamidagi yolg‘onlardan biri.

Test sistemalardan kasallik yuqmaydi, biroq, ba’zan ushbu testlarning sezgirligi past bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda kasallik yuqmagan taqdirda ham, kasalligi borlarga “manfiy”, kasalligi yo‘qlarga “musbat” degan javob berilishi ehtimoli bor. Shuning uchun amaliyotda qo‘llanilishidan avval barcha testlar sezgirlik nuqtai nazaridan tekshiruvdan o‘tkaziladi”, degan Nurmat Otabekov.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni undan davolanganlarning qoni zardobi bilan davolash usuli samara bermagani haqida xabar bergan edik. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 193 nafarga yetdi. Hozirgacha ularning 7852 nafari sog‘aygan va 61 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

540

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing