Xitoylik supermarketda pichoq bilan odamlarga tashlandi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 5 iyun kuni noma’lum kishi Xitoyning Syanyu uyezdidagi supermarketga kelganlarga hujum qildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yana yetti kishi jarohatlangan hamda ular kasalxonaga olib ketilgan.

Ta’kidlanishicha, tajovuzkor xaridorlarga pichoq bilan tashlangan va ularga ko‘plab jarohat yetkazgan.

Ayni paytda erkak hibsga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u 35 yoshli Chjan ismli fuqaro ekanligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Xitoyning janubidagi Uchjou shahrida pichoq bilan qurollangan erkak bir guruh maktab o‘quvchilariga hujum qilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida 40 nafarga yaqin odam jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing